Kalsiy qachon ichiladi: vaqti, ovqat, D3 vitamini va temir bilan mosligi
Kalsiy kichik miqdorlarda — bir marta 500 mg gacha — yaxshiroq soʻriladi. D vitamini uning oʻzlashtirilishiga yordam beradi, temir va baʼzi dorilar bilan esa kalsiyni boshqa vaqtda ichgan maʼqul.
Ertalabmi yoki kechqurun
Qatʼiy qoida yoʻq: qabul qilish soatidan koʻra muntazamlik muhimroq. Agar kuniga ikki marta ichilsa, ularni nonushta va kechki ovqatga bogʻlash qulay. Shunda unutib qoʻymaysiz.
Ovqatdan oldin yoki keyin
Bu kalsiy shakliga bogʻliq. Kalsiy karbonat ovqat paytida yaxshiroq soʻriladi, chunki unga oshqozon kislotasi kerak. Kalsiy sitrat ovqat bilan ham, ovqatsiz ham yaxshi oʻzlashtiriladi. Yogurt Kaltsiy tarkibida sitrat bor, lekin uni ovqat paytida yoki undan keyin ichishni tavsiya qilamiz — shunda uni kun tartibiga kiritish osonroq.
Bir martada qancha
Bir martada qancha koʻp kalsiy ichilsa, uning shuncha kam qismi soʻriladi. Eng yaxshi 500 mg gacha boʻlgan miqdorlar oʻzlashtiriladi. Koʻproq kerak boʻlsa, miqdor bir necha martaga boʻlinadi. Yogurt Kaltsiyning 10 ml ida — 168 mg kalsiy, kattalarga — kuniga 2 marta.
Kalsiy va D3 vitamini
Ularni birga qabul qilish mumkin va kerak. D vitamini ichakka kalsiyni soʻrishga yordam beradi. Shuning uchun Yogurt Kaltsiyda ular allaqachon birlashtirilgan: 10 ml da 100 XB D3 vitamini.
Kalsiyni nimalar bilan boshqa vaqtda ichish kerak
- Temir. Kalsiy temirning soʻrilishini kamaytirishi mumkin. Temir preparatlarini qabul qilsangiz, ularni boshqa vaqtda iching.
- Baʼzi dorilar. Kalsiy levotiroksin, tetratsiklin va ftorxinolon guruhidagi antibiotiklar, bisfosfonatlarning soʻrilishini kamaytiradi. Ular orasidagi oraliqni shifokordan yoki dori yoʻriqnomasidan aniqlang.
Asosiysi
Kalsiyni har kuni bir xil vaqtda, kichik miqdorlarda, D vitamini bilan qabul qiling. Meʼyordan oshmaslik uchun ovqat va boshqa qoʻshimchalardagi kalsiyni ham hisobga oling.
Material maʼlumot uchun berilgan va shifokor maslahatining oʻrnini bosmaydi.